Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» o‘lim va barmoqlarni kesish jazolarini qayta joriy etadi
Nuriddin Turobiyning so‘zlariga ko‘ra, barmoqlarni kesish amaliyoti xavfsizlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va «tiyib turuvchi» omil vazifasini bajaradi.
«Tolibon» birinchi hukmronlik davridagi kabi o‘lim jazosi va barmoqlarni kesish amaliyotini yana joriy qiladi. Bu haqda jazoni ijro etish komissiyasi rahbari Nuriddin Turobiy Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytdi.
U 1996-2001 yillarda «Tolibon» nazorati ostidagi adliya vazirligini boshqargan. U harakat islomiy jazolarni tiklash maqsadida ekanligini ma'lum qildi.
«Stadiondagi qatl uchun bizni hamma tanqid qilgandi, ammo biz hech qachon ularning qonun va jazolari haqida gapirmaganmiz. Qonunlarimiz qanday bo‘lishi kerakligini bizga hech kim aytmaydi. Biz islomga rioya qilamiz va qonunlarimizni Qur'onga asosan o‘rnatamiz», — deb ta'kidladi Turobiy.
Turobiyning so‘zlariga ko‘ra, barmoqlarni kesish amaliyoti xavfsizlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va «tiyib turuvchi» omil vazifasini bajaradi.
Qayd etilishicha, jazoni omma oldida ijro etish masalasi hozircha hukumat muhokamasida.
Mavzuga oid
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025