Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yirik kompaniyalardan birining rahbari pora olgani uchun bir umrga qamaldi
Biznesmen kompaniyadagi faoliyati davomida 112,9 million yuandan ortiq pora olgan.
Xitoydagi spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yirik Kweichow Moutai kompaniyasi rahbari Yuan Jyengo pora olgani uchun bir umrga qamaldi, deb xabar berdi Reuters.
Xabarda aytilishicha, Guyyandagi oraliq instansiya xalq sudi biznesmenni kompaniyadagi faoliyati davomida 112,9 million yuandan ortiq (17,4 mln dollar) pora olgani sababli bir umrga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi.
Qayd etilishicha, Yuan 1994 yildan 2018 yilgacha Kweichow Moutai kompaniyasi bosh direktori va raisi lavozimidan foydalanib boshqa kompaniyalarga Moutai spirtli ichimliklarini tarqatish huquqini qo‘lga kiritishda yordam bergan.
Kweichow Moutai Company Limited Xitoydagi eng yirik oltmishta kompaniya sirasiga kiradi.
Avvalroq Xitoyda CITIC Group sobiq direktori pora olgani uchun 18 yilga qamalgandi.
Mavzuga oid
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
10:20 / 15.05.2025