Jahon | 20:18 / 25.09.2021
18845
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda yangi namunadagi pasportlar berilishi ma'lum qilindi

Ma'lum qilinishicha, tez orada «Afg‘oniston islom amirligi»ning yangi namunadagi pasportlari berilishi boshlanadi.

Afg‘onistonda avvalgi rejim paytida olingan barcha pasportlar amalda bo‘ladi, ammo tez orada «Afg‘oniston islom amirligi»ning yangi namunadagi pasportlari berilishi boshlanadi. Bu haqda axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.

«Mamlakatda amalda bo‘lgan barcha shaxsni tasdiqlovchi hujjat va pasportlar o‘z kuchida qoladi, biroq yaqin kelajakda beriladigan bunday hujjatlarda «Islom amirligi» ko‘rsatiladi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bakhtar agentligi.

Oxirgi paytda Afg‘onistonda pasport berish vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, bu ayrim shaharlarda noroziliklar keltirib chiqardi.

20 sentyabr kuni «Tolibon» rahbariyati Olam G‘ulom Haqqoniyni Afg‘oniston IIV huzuridagi pasport berish masalalari bo‘yicha bosh boshqarma rahbari etib tayinladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid