Jahon | 22:50 / 25.09.2021
9377
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada Huawei moliyaviy direktorini ozodlikka chiqardi, Xitoy bunga javoban ikki kanadalikni ozod qildi

Men Vanchjou / Foto: EPA

Kanadalik biznesmenlar Maykl Speyvor va Maykl Kovrig 2018 yilda Xitoyda hibsga olingan va josuslikda ayblangandi. Shundan so‘ng Kanada hukumati AQSh so‘roviga asosan Huawei kompaniyasi moliyaviy direktori, kompaniya asoschisi Jyen Chjyenfeyning qizi Men Vanchjouni hibsga olgandi.

Kanada hukumati AQSh, Xitoy va Kanada o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv natijasida uch yil ilgari hibsga olingan Huawei korporatsiyasi moliyaviy direktorini qo‘yib yubordi, Xitoy esa josuslikda ayblangan ikki kanadalikni ozodlikka chiqardi.

Kanadalik biznesmenlar Maykl Speyvor va Maykl Kovrig 2018 yilda Xitoyda hibsga olingan va josuslikda ayblangandi. Shundan so‘ng Kanada hukumati AQSh so‘roviga asosan Huawei kompaniyasi moliyaviy direktori, kompaniya asoschisi Jyen Chjyenfeyning qizi Men Vanchjouni hibsga olgandi.

Kuni kecha Men Vanchjou va ikki kanadalik qarama-qarshi yo‘nalishlarda uylariga uchib ketishdi.

Huawei moliyaviy direktori xitoylik va amerikalik diplomatlarning uzoq muzokaralari natijasida ozod etildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid