Jahon | 15:12 / 25.09.2021
22670
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada migrantlarga yordam beruvchi tashkilot rahbari ushlandi

Valentina Chupikning so‘zlariga ko‘ra, FXX xodimlari u Rossiya hududida qochqin maqomidan mahrum etilganini ma'lum qilgan. Shuningdek, unga 2051 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan.

Moskvaning Sheremetevo aeroportida migrantlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi Tong Jahoni notijorat tashkiloti rahbari Valentina Chupik ushlandi. Bu haqda «Novaya gazeta» xabar berdi.

«Sheremetevo aeroportidagi maxsus xonada o‘tiribman. Meni qayerga olib borishlarini bilmayman, hujjatlarimni olib qo‘yishgan», — degan Chupik.

Asli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Valentina Chupikning qo‘shimcha qilishicha, FXX xodimlari u Rossiya hududida qochqin maqomidan mahrum etilganini ma'lum qilgan.

Shuningdek, unga 2051 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan. Chupik O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid