Merkelning “vorisi” saylovlarda ovoz berish sirini buzgani uchun tanqid qilindi
Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi yetakchisi, amaldagi kansler Angela Merkelning “vorisi” deb e'tirof etiluvchi Armin Lashet 26 sentyabrda bundestagga o‘tgan saylovlarda o‘z ovoz berish byulletenini saylov urnasiga belgilanadigan tomonini ko‘rinadigan qilib solib, ovoz berish sirini buzdi. Ko‘plab siyosatchilar, jumladan XDIning saylovlardagi bosh raqibi Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (SPD) Lashetni bu xatosi uchun tanqid qildi.
Lashetning saylov uchastkasidan olingan surati bundan dalolat bermoqda. Undan siyosatchining o‘z partiyasiga ovoz bergani ma'lum bo‘lgan.
“Maxfiylik nuqtayi nazaridan, Lashet barcha xorijiy maxsus xizmatlar uchun eng yaxshi kansler”, deb kinoyali izoh bergan ushbu holatga SPD’dan sobiq deputat Gerold Rayxenbax.
Federal saylovlar o‘tishini nazorat qiluvchi vakil Lashet ovoz berish sirini buzgan bo‘lsa-da, uning byulleteni nohaqiqiy deb topilmasligini, chunki u urnaga solib bo‘linganini, o‘z siyosiy partiyasiga ovoz berish esa kutilmagan holat emasligini aytgan.
Lashet Aaxen shahridagi maktablardan birida joylashgan uchastkada ovoz bergan. Siyosatchining aytishicha, ushbu saylovlar Germaniyaning yaqin yillarga taqdirini belgilaydi va “har bir ovoz ahamiyatga ega”.
Mavzuga oid
20:26 / 12.11.2024
Germaniya bundestagida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi
19:16 / 14.08.2024
Yaponiya bosh vaziri sentabr oyida iste’foga chiqishini ma’lum qildi
20:25 / 28.12.2021
Dunyodagi eng yosh respublika navbatdan tashqari saylovlar e’lon qildi
20:32 / 16.11.2021