Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar kengashining Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etadi
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 27-28 sentabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashadi.
Uchrashuv davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) 2009 yil oktabr oyida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi - turkiy davlatlar o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish.
Turkiy kengashga Ozarboyjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kiradi. 2019 yilning kuzida O‘zbekiston ham ularga qo‘shildi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025