Jahon | 16:20 / 27.09.2021
7805
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Erdo‘g‘anning Sochida o‘tkaziladigan uchrashuvida qaysi mavzular muhokama qilinishi ma'lum bo‘ldi

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat prezidentlariga «gaplashish uchun har safar mavzu topiladi».

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida 29 sentyabr kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda Suriya, Afg‘oniston va Liviyadagi vaziyat hamda boshqa xalqaro masalalar muhokama qilinadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Kun tartibida birinchi navbatda Suriya, albatta Afg‘oniston, Liviya va boshqa xalqaro masalalar bo‘yicha an'anaviy fikr almashuvlar bo‘ladi deb o‘ylayman», — dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat prezidentlariga «gaplashish uchun har safar mavzu topiladi».

Avvalroq Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyat muhokama qilinishi hamda Turkiya S-400 zenit tizimlarini sotib olish bo‘yicha o‘z pozitsiyasidan chekinmasligini aytgandi.

Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi Sochida bo‘lib o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid