Jahon | 15:37 / 27.09.2021
4200
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlanadi

Vaksina sinovining dastlabki ikki bosqichini 2022 yil avgustda yakunlash rejalashtirilgan. U Peterburg va Permdagi 170 nafar ko‘ngillida sinab ko‘riladi.

Foto: TASS

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi mo‘ljallangan «Betuvaks-KoV-2» vaksinasining I-II bosqich klinik sinovlarini boshlashga ruxsat berdi.

Vaksina sinovining dastlabki ikki bosqichini 2022 yil avgustda yakunlash rejalashtirilgan. U Peterburg va Permdagi 170 nafar ko‘ngillida sinab ko‘riladi.

Preparat «Inson ildiz hujayralari instituti» tomonidan ishlab chiqilgan.

Rossiyada hozirda «Sputnik V», «EpiVakKorona», «KoviVak» va «Sputnik Layt» vaksinalari ro‘yxatga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid