Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQSh qo‘shinlari Iroq va Suriyadan Afg‘onistondan ketgani kabi ketishini istaydi – Erdo‘g‘an
Turkiya AQSh Iroq va Suriyadan o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqqani kabi olib chiqishini istaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Agar menda tanlov bo‘lganda, ular (AQSh qo‘shinlari) Suriya va Iroqdan Afg‘onistondan ketgani kabi ketishini istardim. Chunki biz butun dunyoda tinchlik o‘rnatmoqchi bo‘lsak, bu hududlarda qolishdan boshqa ma'no yo‘q. Biz bu xalqlarga, u yerdagi ma'muriyatlarga shunchaki o‘zlari qaror qabul qilishlari imkonini berishimiz mumkin”, deb tegishli savolga javob qilgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentiga “Agar bu yuz bersa, Turkiya Suriyada AQSh o‘rnini egallashni istashini anglatadimi?” deb savol berilgan. “Menga aniq va rostini aytishga imkon bering: biz hech qachon qolishimiz istalmayotgan joyda qolmaymiz. Bizga mamnun bo‘lishmaydigan joyda hech qachon bo‘lmaymiz”, deb javob qilgan Erdo‘g‘an.
U Turkiya, AQSh, Rossiya va Eron Suriya hamda Iroqda tinchlik o‘rnatilishi ustida birgalikda ishlay olishiga umid qilishini aytgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025