Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda mamlakatning oxirgi qiroli davridagi konstitutsiya vaqtincha tiklanadi
Qirol Muhammad Zohirshoh davridagi konstitutsiya 1964 yilda qabul qilingan va 1976 yilgacha amalda bo‘lgan.
Afg‘oniston vaqtinchalik hukumati o‘tish davrida mamlakatning oxirgi qiroli Muhammad Zohirshoh davridagi konstitutsiyadan vaqtincha foydalanib turadi, deb xabar berdi Interfaks.
Hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, shariatga zid moddalar istisno qilingan holda ushbu konstitutsiyaga amal qilinadi.
Qirol Muhammad Zohirshoh davridagi konstitutsiya 1964 yilda qabul qilingan va 1976 yilgacha amalda bo‘lgan.
Ekspertlarning fikricha, mazkur konstitutsiya avvalgi asosiy qonunga nisbatan ancha demokratik bo‘lgan.
Afg‘onistonda 1919 yildan buyon yetti marta konstitutsiya almashgan. Avgust oyida toliblar hukumat tepasiga kelguniga qadar mamlakatda 2004 yilda qabul qilingan konstitutsiya amalda edi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025