AQSh Xorvatiya bilan vizasiz rejim o‘rnatdi
Endilikda xorvatlar AQShga 90 kunga viza rasmiylashtirmasdan tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: pixabay.com
AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas va davlat kotibi Entoni Blinken Xorvatiya AQShga vizasiz kirish dasturining yangi ishtirokchisiga aylanganini e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu qaror 1 dekabrgacha kuchga kiradi.
“Men Xorvatiyani vizasiz kirish dasturining 40-ishtirokchisiga aylangani bilan tabriklayman va u bilan muhim masalalar bo‘yicha hamkorligimiz davom etishiga umid qilaman”, deb aytgan Mayorkas.
O‘z navbatida Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich AQShning bu qarorini qutlashini aytgan.
“Bundan Xorvatiya fuqarolari ko‘proq yutadi. Ular AQShga vizasiz sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu qarorni amalga oshirib, biz munosabatlarni yanada mustahkamlaymiz”, deb yozgan Plenkovich tvitterda.
AQShga vizasiz kirish dasturi ba'zi davlatlar fuqarolariga AQShda sayyohlik va ishchi maqsadlarda 90 kungacha vizasiz qolishga ruxsat beradi. Ushbu dasturda ishtirok etish uchun mamlakat immigratsiya va xavfsizlik sohalaridagi bir qator talablarga javob berishi lozim.
Ayni vaqtda ushbu dasturga Yevropa va Osiyoning ba'zi davlatlari hamda Avstraliya, Chili va Yangi Zelandiya kiradi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025