Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona xalqaro aeroporti 43 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi
Farg‘ona xalqaro aeroporti 43 million dollar mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilinib, xorijiy va xususiy aviakompaniyalar parvozlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Kelgusi besh yilda 6 ming kilometr yo‘llar quriladi va ta'mirlanadi. Bunga 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Bunda, ichki yo‘llarni ta'mirlash va foydalanishning yangi tizimi joriy etiladi. Jumladan, har bir tuman va shaharda alohida jamg‘arma tashkil etilib, barqaror moliyaviy manbalar bilan ta'minlanadi. Ushbu jamg‘arma mablag‘larining 50 foizi jamoatchilik takliflari asosida shakllantirilgan loyihalarga sarflanadi.
Bundan tashqari, “Qo‘qon – Namangan –Andijon – Qo‘qon” halqa temir yo‘li bo‘ylab tezyurar elektropoyezdlar yo‘lga qo‘yiladi. “Pop – Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon –Xonobod” temir yo‘li to‘liq elektrlashtiriladi.
Shuningdek, Farg‘ona xalqaro aeroporti 43 million dollar mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilinib, xorijiy va xususiy aviakompaniyalar parvozlari yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, yo‘lovchi va yuk tashish hajmi 5 barobarga oshadi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025