Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiyda Nefrologiya markazi filiali va Endokrinologiya markazi tashkil etiladi
Farg‘ona viloyatida aholiga malakali, sifatli va yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish borasida alohida dastur amalga oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Farg‘onada vodiyda yagona Bolalar kardioxirurgiya markazi tashkil etilib, tug‘ma yurak nuqsoni bor, yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj bolalarni zamonaviy endovaskulyar yo‘l bilan xirurgik davolash yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada barcha davolash amaliyotlari budjet hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, viloyatda mingdan ziyod bemorlar buyrak yetishmovchiligi bo‘yicha nazoratda turganini inobatga olib, Nefrologiya markazining filiali tashkil etiladi va buyrak transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, gemodializ uskunalari 2-3 barobarga ko‘paytiriladi.
Bundan tashqari, viloyatda Hindiston bilan hamkorlikda Endokrinologiya markazi tashkil etiladi. Davlat-xususiy sheriklik asosida viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi negizida barcha xirurgik xizmatlarni bir joyni o‘zida tashkil etuvchi zamonaviy tibbiyot klasteri barpo etiladi.
Umuman olganda, viloyat tibbiyot tizimi uchun faqatgina davlat budjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025