Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi – Shavkat Mirziyoyev
Bugun, 28 sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Farg‘onadagi uchrashuvda nomzodga so‘z berilganida, Shavkat Mirziyoyev korrupsiya haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Men har biringizning ko‘zingizga qarab turibman, o‘zimga yarasha psixologman. Oldingidek hech kim sizlarni majburlab kirib qarsak chaldirmayapti. Men erta-yu kech bir narsani o‘ylayman – oyog‘im yerdan uzilmasin, atrofimdagilar meni aldamasin, vaziyatni o‘zim baholay.
Mana, shuncha pullar ajratyapmiz, lekin bular adolatli ishlatilishi uchun jamoatchilik nazorati kerak. Chunki korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi. Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
10:20 / 15.05.2025