Samarqanddagi gaz quyish shoxobchasida «ZIL-130» yuk mashinasi yonib ketdi
Samarqand tumanidagi gaz quyish shoxobchasida «ZIL-130» yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 28 sentabr kuni soat 15:38 da Samarqand viloyati FVBga Samarqand tumani Xishrav qo‘rg‘onida joylashgan «Davlatbek 95» MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi hududida «ZIL-130» yuk mashinasi yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng soat 15:48 da hodisa yuz bergan joyga bitta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 15:50 da qurshab olingan va soat 16:01 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024