Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yozyovon suv ombori» atrofidagi qum-barxanlar o‘rnida suv havzalari tashkil qilinadi
“Yozyovon suv ombori” atrofidagi 2 ming gektar yer maydonidagi qum-barxanlar o‘rnida suv havzalari tashkil qilinib, baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Yozyovon va Bog‘dod tumanlarida hosildorlikni oshirish hisobiga, 3 ming gektar past rentabelli paxta va g‘alla maydonlari chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik uchun beriladi.
Bundan tashqari, har bir tumanda yiliga 2 mingta xonadon uchun 200 boshdan parranda tarqatilib, alohida mahallalar parrandachilikka ixtisoslashtiriladi.
“Yozyovon suv ombori” atrofidagi 2 ming gektar yer maydonidagi qum-barxanlar o‘rnida suv havzalari tashkil qilinib, baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
83 ming gektar maydonning suv ta'minoti va 84 ming gektarning meliorativ holatini yaxshilash, 125 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.
Dastur doirasida So‘x tumanida ikki bosqichli “Qayroq” nasos stansiyasini qurish ishlari kelgusi yilda yakunlanadi. Natijada, qo‘shimcha 1 ming 700 gektar yangi yerlar foydalanishga kiritiladi va bu yerlar ham So‘x aholisiga tanlov asosida bo‘lib beriladi.
Bundan tashqari, kelgusi besh yilda suv ta'minotini yaxshilashga xalqaro moliya institutlaridan 172 million dollar jalb qilinadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025