Jahon | 19:29 / 29.09.2021
7404
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi klinikalar «Sputnik V» vaksinasiga buyurtmalarini bekor qila boshladi

Qayd etilishicha, davlat taqdim etayotgan bepul vaksinalar sababli pulli vaksinalarga bo‘lgan talab keskin pasaygan.

Foto: Reuters

Hindistondagi xususiy klinikalar Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini olish uchun buyurtmalarini bekor qila boshladi, deb xabar berdi Reuters.

Qayd etilishicha, davlat taqdim etayotgan bepul vaksinalar sababli pulli vaksinalarga bo‘lgan talab keskin pasaygan.

«Saqlash va boshqa qiyinchiliklar tufayli 2500 dozaga bergan buyurtmamizni bekor qildik. Talab ham yuqori emas», — dedi Puna shahridagi Bharati Vidyapeeth shifoxonasi xodimi Jitendra Osval.

Reuters manbasining ma'lumot berishicha, Haydarobod shahridagi Avis Hospitals klinikalar tarmog‘i 10 ming doza «Sputnik V» vaksinasiga bergan buyurtmasini bekor qilgan. 

2021 yil iyundan beri mamlakatda 943 ming doza «Sputnik V» vaksinasidan foydalanilgan, deya qayd etadi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda 876 mln doza vaksina qo‘llanilgan.

«Sputnik V» talab pasaygan yagona vaksina emas, deb yozadi Reuters. Xabarda aytilishicha, Punadagi klinika AstraZeneca vaksinasiga ham boshqa buyurtma bermaydi, Osvalning so‘zlariga ko‘ra, kunlik emlashlar soni iyundagiga nisbatan 90 foizga kamaygan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid