O‘zbekiston | 17:59 / 29.09.2021
6964
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysida kun davomida ikkinchi zilzila kuzatildi

Qirg‘izistonda 29 sentabr, Toshkent vaqti bilan soat 17:41 da yuz bergan zilzila Farg‘ona viloyatining qator hududlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Yer silkinishi koordinatalari: 40,16 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 246 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,3 ballga teng bo‘lgan. 

Ushbu yerosti silkinishi Andijonning quyidagi hududlarida sezilgan:

  • Farg‘ona tumanida: 4 ball, 14 km;
  • Quvasoy shahrida: 3-4 ball, 24 km;
  • Farg‘ona tumanida: 3-4 ball, 25 km;
  • Marg‘ilon tumanida: 3 ball, 33 km;
  • Oltiariq tumanida: 3 ball, 38 km;
  • Toshloq tumanida: 2-3 ball, 39 km;
  • Qo‘shtepa tumanida: 2-3 ball, 43 km;
  • Quva tumanida: 2-3 ball, 46 km;
  • Rishton tumanida: 2 ball, 52 km;
  • Yozyovon tumanida: 2 ball, 54 km;
  • Bag‘dod tumanida: 2 ball, 59 km;
  • Bo‘ston tumanida: 2 ball, 60 km;
  • So‘x tumanida: 2 ball, 60 km;
  • Marhamat tumanida: 2 ball, 61 km.

Kunning birinchi yarmida Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Andijonning qator hududlarida sezilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid