O‘zbekiston | 13:03 / 29.09.2021
5194
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi yer silkinishi kuchi Andijonda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:46da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 73,37 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 5 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 349 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 3-4 ball, 36 km;
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ball, 52 km;
  • Jalaquduq tumanida 2-3 ball, 71 km;
  • Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 79 km;
  • Andijon tumanida 2-3 ball, 80 km;
  • Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 81 km;
  • Buloqboshi tumanida 2 ball, 89 km;
  • Andijon shahrida 2 ball, 90 km;
  • Izboskan tumanida 2 ball, 94 km.

Mavzuga oid