Jamiyat | 10:33 / 29.09.2021
6167
2 daqiqa o‘qiladi

Shuhrat G‘aniyev: Hozirgi ishim hokimlikdan 100 karra qiyinroq

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida qo‘shtepalik Jumaboy Ismoilov xonadonida mehmon bo‘ldi. Shu yerda Kun.uz muxbiri bosh vazir o‘rinbosari, Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyevga bir savol bilan murojaat qildi. 

– Shuhrat Madaminovich, siz uzoq yillar viloyatga rahbarlik qilgansiz. Ayni paytda bosh vazir o‘rinbosarisiz. Aytingchi, bu ikki lavozimdan qaysi biri murakkabroq?

– Hozirgi ishim oldingisidan 100 karra qiyinroq, – qisqa javob berdi Shuhrat G‘aniyev.

Ma'lumki, Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston tarixida viloyatga eng uzoq rahbarlik qilgan hokimlardan biri. U 2011 yildan Farg‘ona viloyatiga hokimlik qilgan. U 2020 yilning 25 sentyabrida koronavirusdan vafot etgan O‘ktam Barnoyev o‘rniga bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid