Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz o‘chirilmaydi - «Hududgazta'minot»
Tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz o‘chirilmaydi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Hududgazta'minot” AJ boshqarma boshlig‘i Bahodir Vahobov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunga qadar ikki millionga yaqin xonadonga elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatildi. Barcha iste'molchilarning telefon raqamlari bazaga kiritilgan.
«Agarda iste'molchida qarzdorlik aniqlansa, unga albatta xabarnoma yuboriladi va qarzni to‘lash uchun besh kun muddat beriladi.
Elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilmagan xonadonlar egalarining raqamlari ham bazaga kiritilgan va ularda ham qarzdorlik mavjud bo‘lsa, tabiiy gaz o‘chirilishi haqida ogohlantiriladi.
Ha, ilgari ogohlantirishsiz o‘chirilardi. Endi bunday holat bo‘lmaydi. Favqulodda holatlarda esa aholi mahalliy hokimlik organlari orqali xabardor qilinadi», dedi Bahodir Vahobov.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025