Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiy aholisi uchun yiliga 7 mingta murakkab operatsiya o‘tkaziladigan tibbiyot markazi tashkil etiladi
Andijon viloyatida aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami keskin kengaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Murakkab operatsiyaga muhtoj 1 ming 100 nafar tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarni bepul davolash tashkil etilib, buning uchun budjetdan 30 milliard so‘m ajratiladi.
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi to‘liq rekonstruksiya qilinib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, ko‘z kasalliklari va urologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga 7 mingta murakkab operatsiya o‘tkazadigan “tibbiyot markazi” tashkil etiladi.
Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari soni 1 mingtaga yetkaziladi. Bunda, xorijiy hamkorlar bilan 2 ta ko‘p tarmoqli zamonaviy klinika barpo etiladi. Shu tariqa Andijon vodiy va qo‘shni davlatlar aholisi uchun tibbiy turizm markaziga aylantiriladi.
Umuman, Andijonda tibbiyotni rivojlantirishga, kelgusi besh yilda davlat tomonidan 1,5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025