Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» Sho‘rtan GKM quvvatlarini kengaytirish uchun 1,1 milliard yevro jalb qiladi
«O‘zbekneftgaz» AJ Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar yutuqlari va ularning istiqbollari» iqtisodiy forumida Yevropaning uchta yetakchi banki bilan moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida muhim bitimlar imzoladi.
Hamkorlik bitimlari Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni moliyalashtirish uchun 1,1 milliard yevro miqdoridagi kapitalni o‘z ichiga oladi. Deutsche Bank bilan 500 million yevrolik, Landesbank Baden-Wuerttemberg bilan 300 million yevrolik va Landesbank Hessen-Thüringen Girozentrale (Helaba) bilan 300 million yevrolik bitimlar imzolandi.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini modernizatsiya qilish loyihasi davlat kafolatlarisiz eksportni moliyalashtirish asosida moliyalashtirilgani sababli, Yevropa banklari ishtiroki O‘zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligining muhim tasdig‘idir, deb ma’lum qildi «O‘zbekneftgaz».
«Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish - yuqori qo‘shilgan qiymatga ega neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash hajmini oshirish maqsadimizga erishish yo‘lida yana bir qadam», - dedi «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev.
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024