Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Tojikistondagi afg‘on harbiylarini AQShga olib chiqishda yordam berishga va'da berdi
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Tojikistonga evakuatsiya qilingan afg‘on harbiylarini AQShga olib chiqishda yordam berishga va'da berdi.
AQSh kongressi vakillar palatasining qurolli kuchlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasidagi yig‘ilishda kongressmen Ostin Skott o‘zida bor bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra Afg‘oniston qurolli kuchlarining 145 harbiysi Tojikistonda qolayotganini ma'lum qilgan.
“13 avgustda ular Tojikistonga 16ta samolyotda yo‘l olgan. Hozir esa 29 sentyabr. Biz ularni Tojikistondan olib chiqishimiz kerak. Ular biz bilan mashg‘ulot o‘tagan, jang qilgan, ulardan nima talab qilsak, shuni bajargan odamlar. Biz kongressmenlar bu borada davlat departamentidan hech qanday yordam olmadik”, deb bu masalada yordam berishni so‘rab yuzlagan AQSh mudofaa vaziriga kongressmen.
“Biz bu vaziyat bo‘yicha qanchalik oldinga siljiy olishimizni bilish uchun darhol ma'lumot so‘raymiz. Men sizning xavotiringizga qo‘shilaman”, deb aytgan Pentagon rahbari.
Amerikalik harbiy instruktorlar tomonidan o‘qitilgan afg‘on harbiylari ularga AQShga vizalar rasmiylashtirishi vaqtida Tojikistonga vaqtincha evakuatsiya qilingan. Vizalar masalasi hal bo‘lgach, ular AQShga yo‘l olishlari kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025