Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Erdo‘g‘andan Rossiyadagi ukrainalik mahbuslarni ozod qilish haqida Putinga aytishni iltimos qilgan
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda unga Rossiyada ushlab turilgan 450 nafar ukrainalik mahbusdan iborat ro‘yxatni bergan va undan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ular ozod etilishi kerakligi haqida aytishni iltimos qilgan. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma'lum qildi.
Zelenskiy va Erdo‘g‘anning uchrashuvi Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi vaqtida o‘tgan. “Ular yuzma-yuz ancha gaplashishdi, so‘ngra delegatsiyalar ishtirokida yana bir uchrashuv bo‘ldi. Biz ham ikki tomonlama, ham prezident Erdo‘g‘an prezident Putin bilan uchrashuvda ko‘tarmoqchi bo‘layotgan masalalarni muhokama qildik”, deb aytgan Kuleba.
Uning ta'kidlashicha, uchrashuvda Zelenskiy Erdo‘g‘andan Rossiyada ushlab turilgan ukrainalik mahbuslarni ozod qilish kerakligi haqida Putinga aytishini iltimos qilgan.
Erdo‘g‘an va Putinning uchrashuvi 29 sentyabrda Sochida bo‘lib o‘tdi. U 3 soatcha davom etgan. Kreml uchrashuvda ko‘tarilgan ikki tomonlama masalalar orasida gaz muammosi, S-400 tizimlari sotib olinishi, “Akkuyu” AES qurilishi, tashqi masalalar orasida Suriya, Afg‘oniston, Liviyadagi vaziyat, Tog‘li Qorabog‘da tartib o‘rnatilishi kabilar bo‘lganini ma'lum qilgan. Biroq Putin va Erdo‘g‘an Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgani yoki yo‘qligi ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025