Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvineyadagi harbiy to‘ntarish tashkilotchisi mamlakatning vaqtinchalik prezidenti bo‘ldi
Mamadi Dumbuya hukumat tepasida faqat o‘tish davrida bo‘lishini va bo‘lajak saylovlarda davlat rahbarligi uchun kurash olib bormasligini aytdi.
Gvineyada hokimiyat tepasiga kelgan harbiylar yetakchisi Mamadi Dumbuya mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida qasamyod keltirdi.
Marosim vaqtida Dumbuya hukumat tepasida faqat o‘tish davrida bo‘lishini va bo‘lajak saylovlarda davlat rahbarligi uchun kurash olib bormasligini aytdi.
Sentyabr boshlarida polkovnik Dumbuya yetakchiligidagi Gvineya armiyasi maxsus kuchlari 83 yoshli prezident Alfa Konde ag‘darilgani va hukumat tarqatib yuborilganini e'lon qilgandi. Kondening o‘zi hibsga olindi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va Yevropa ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Gvineyadagi to‘ntaruvni qoralab, harbiylarni Kondeni ozod qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
17:15 / 02.12.2024
«Barchasi hakamning bahsli qaroridan boshlandi». Gvineyadagi o‘yinda o‘nlab fanatlar halok bo‘ldi
21:45 / 01.08.2024
Gvineyaning sobiq harbiy yetakchisi insoniyatga qarshi jinoyatda aybli deb topildi
22:42 / 04.11.2023
Gvineyada qurollangan shaxslar sobiq prezidentni qamoqdan chiqarib oldi
13:13 / 28.09.2021