O‘zbekiston | 14:56 / 02.10.2021
1909
1 daqiqa o‘qiladi

9 ming nafar o‘qituvchi ishtirok etgan tadbir: Andijonda ustoz va murabbiylar sharaflandi

Andijon shahrida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” o‘yingohida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Rasmiylarga ko‘ra, bayramda viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 9 ming nafar maorifchilar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov O‘zbekiston prezidentining fidoyi ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng bir qator ustoz va murabbiylar prezident qaroriga asosan medallar va ko‘krak nishonlar bilan taqdirlandilar.

Tadbir dasturidan estrada xonandalarining chiqishlari va mushakbozlik ham joy oldi.

Элмурод Эрматов
Tayyorlagan Элмурод Эрматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid