Jahon | 20:49 / 02.10.2021
27862
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda xudkushlar bataloni tuzildi

Batalon «Lashkari Mansuriy» deb nomlanadi. Uning askarlari Badaxshonning Tojikiston va Xitoy bilan chegarasiga yuboriladi.

Afg‘onistonda xudkushlar bataloni tuzildi, deb ma'lum qildi Badaxshon viloyati gubernatori o‘rinbosari Nisor Ahmad Ahmadiy. Bu haqda The Khaama Press xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ular Badaxshon viloyatining Tojikiston va Xitoy bilan chegaralariga yuboriladi.

Nisor Ahmad Ahmadiyning so‘zlariga ko‘ra, batalon «Lashkari Mansuriy» deb nomlanadi. U mazkur batalondagilarni o‘limdan qo‘rqmaydiganlar deb atagan.

«Tolibon», shuningdek, «Badri 313» deb nomlanuvchi batalonga ega. Toliblarning maxsus kuchlari hisoblangan ushbu batalon jangchilari avgustda poytaxt Kobulni egallashda faol ishtirok etgan.

 

Mavzuga oid