Hindistonda samolyot ko‘prik ostida tiqilib qoldi
Hindistonda Dehli aeroporti yaqinidagi avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan piyodalar o‘tish tunneli ostida samolyot tiqilib qoldi. Ko‘prik ostida qolib ketgan samolyot videosi ijtimoiy tarmoqlarda ommaviylashdi va unga The Times of India nashri muxbirlari e'tibor qaratishdi.
Air India logotipiga ega samolyot qanoti olib tashlangan holda bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, voqea 3 sentyabrda Dehlini Gurgaon shahri bilan bog‘lovchi trassada yuz bergan.
The Times of India nashri muxbirlari ushbu holat yuzasidan Air India aviakompaniyasiga murojaat qilishgan. Aniqlanishicha, ko‘prik ostida tiqilib qolgan samolyot eski va buzuq bo‘lgani sababli utilizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. Biroq unga xaridor chiqib qolgan va u jismoniy shaxsga sotib yuborilgan. Samolyotning yangi egasi esa uni ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilgan. Biroq ko‘rinishicha, samolyotni olib ketayotgan haydovchi uning o‘lchamlarini to‘g‘ri baholay olmagan va buning natijasida katta o‘lchamli samolyot ko‘prik ostida tiqilib qolgan.
Videoda samolyot yo‘lning bir qismini to‘sib qo‘ygani, uning tumshuq qismi va korpusining yarmi ko‘prik ostidan o‘tgani, biroq orqa tomoni qolib ketganini ko‘rish mumkin.
Ta'kidlanishicha, Hindistonda xuddi shunga o‘xshash hodisa 2019 yilda ham yuz bergan. O‘shanda Durgapur shahrida pochta xizmati samolyoti ko‘prik ostida tiqilib qolgan.
Mavzuga oid

08:58 / 10.03.2025
Germaniya Tramp F-35 samolyotlarini «o‘chirib qo‘yishi» mumkinligidan xavotirda

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025