Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarusga xavf soluvchi har qanday samolyot respublikada qo‘ndirilishini aytdi
Belarusda mamlakatga xavf soluvchi har qanday samolyot majburan qo‘ndiriladi. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko CNN telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Shu bilan birga, u har qanday davlatning samolyoti uchun Belarus ustidan parvoz xavfsizligini ta'minlashga tayyorligini aytgan. “Agar hududimiz ustidan uchishga qo‘rqsangiz, men shaxsan kompaniyangizga ham, davlatingizga ham yoki boshqa biror kimga Belarus ustidan parvoz xavfsizligini to‘liq kafolatlayman. Biroq men yoki huquq-tartibot idoralari Belarus davlatiga xavfni ko‘rsak, biz bu yerda har qanday davlat samolyoti - xoh Britaniya, xoh AQSh bo‘lsin, qo‘ndiramiz”, deb aytgan Lukashenko.
Uning ta'kidlashicha, bunday vaziyatda har qanday davlat shunday yo‘l tutgan bo‘lardi. “Bu normal holat va men ham bundan istisno emasman”, deb qo‘shimcha qilgan Belarus rahbari.
23 may kuni Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga parvoz qilgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti uning bortida bomba borligi haqidagi xabardan keyin Minskda majburan qo‘ndirilgandi. Keyinroq ushbu xabar yolg‘onligi ayon bo‘lgan. Samolyot aeroportga qo‘ngach, uning bortida bo‘lgan belaruslik muxolifatchi Roman Protasevich va unga hamrohlik qilgan Sofya Sapega hibsga olingan. Ushbu hodisadan keyin Yevropa ittifoqi Belarus aviakompaniyalariga nisbatan sanksiyalar kiritgan, Yevropa aviakompaniyalariga esa Belarus ustidan uchmaslik tavsiya qilingan. Shu sababli hozirda dunyoning yirik aviakompaniyalari Belarusga va uning ustidan uchishdan bosh tortmoqda.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:14 / 01.05.2025