Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilidan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar normadan ortiq bo‘lgani uchun ikki mingdan ortiq haydovchi jarimaga tortildi - Ekoqo‘mita
Ikki mingdan ortiq haydovchi avtomobilidan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar normadan ortiq bo‘lgani uchun jarimaga tortilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov xabar berdi.
Qo‘mita matbuot kotibi o‘tkazilgan “Toza havo” tadbiri doirasida tekshirilgan 270 344 ta avtotransport vositalarining 9113 tasi yoki 3,4 foizida zararli tutunlar me'yorlardan yuqoriligi aniqlanganligini aytdi.
“Ushbu haydovchilarga ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa, yana 2986 ta avtotransport vositalari normadan ortiq hollarni bartaraf etish uchun vaqtincha to‘xtatilib, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga yo‘naltirilgan.
Tadbir davomida ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarida belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan 2049 ta avtotransport haydovchilariga nisbatan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan belgilangan jarimalar qo‘llanildi”, dedi u.
Ma'lumot uchun, 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,2 mln tonnani tashkil etgan va shundan 58 foizi transport vositalaridan chiqadigan gazlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Qonunga binoan ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqargan haydovchilarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi – 135 ming miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi
17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi
10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
10:24 / 15.05.2025