Sport | 09:48 / 04.10.2021
7750
5 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Real» Kataloniyada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi va boshqa natijalar

Shanba va yakshanba kunlari Ispaniya La Ligasida 8-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi.

Turnir peshqadami «Real» Kataloniyada «Espanol» klubi mehmoni bo‘ldi. O‘yinda de Tomas va Aleish Vidalning ikki goliga javoban mehmonlar Benzemaning goli bilan faqat bir marta javob bera olishdi, xolos – 2:1. 

Ushbu kutilmagan mag‘lubiyat Anchelotti jamoasi uchun La Ligada mavsumdagi birinchisi bo‘ldi. YeChLdagi «Sherif»ga qarshi o‘yin bilan hisoblaganda esa mavsumdagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatga aylandi.

Natijada, «Real» 17 ochko bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra «Atletiko»ni ortda qoldirib peshqadam sifatida qoldi.

Turnir peshqadami «Real»ning ochko yo‘qotishidan «Real Sosedad» foydalanishi mumkin edi. Ammo San-Sebastyan klubi «Xetafe» maydoniga safar qilib, 1:1 hisobini qayd etdi.

«Vilyayerreal» Dandjumaning dubli evaziga «Betis»dan ustun kelgan bo‘lsa, «Sevilya» «Granada»ga yutqazib, «Atletiko» va «Real»ga yetib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Bu Andalus jamoasining mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Ushbu bahslardan keyin «Real Sosedad» 17 ochko bilan 3-o‘ringa pastladi. «Sevilya» esa 14 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. «Vilyarreal» 11 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Shanba kuni turning markaziy bahsida «Atletiko» «Barselona»ni mag‘lub etgandi.

La Liga. 8- tur. 2 oktabr
Atletiko – Barselona 2:0

Gollar: 1:0 – 23 Lemar, 2:0 – 44 Suares.
Atletiko – Oblak, Savich, Himenes, Ermoso (Felipe, 81), Lorente, Karrasko (Lodi, 81), Koke, de Paul (Tripper, 46), Lemar, Suares (Grizmann, 72), Joau Feliks (Korrea, 72).
Barselona – ter Stegen, Mingesa (de Yong, 75), Pike, Arauxo, Dest (Langle, 86), Buskets, Koutino (Fati, 64), de Yong, Niko Gonsales (Serdji Roberto, 46), Gavi (Puch, 75), Depay.

Osasuna – Rayo Valekano 1:0
Gol: 1:0 – 90 Sanches.

Malorka – Levante 1:0
Gol: 1:0 – 74 Anxel Rodriges.

Kadis – Valensiya 0:0 

Atletik – Alaves – 1:0
Gol: Raul Garsiya, 44.

3 oktabr 
Espanol – Real Madrid 2:1

Gollar: 1:0 – 17 de Tomas, 2:0 – 60 Aleish Vidal, 2:1 – 71 Benzema.
Espanol – Diyego Lopes, Xil (Didak Vila, 81), Kabrera, Serji Gomes, Pedrosa, Aleish Vidal (Melamed, 64), Darder (David Lopes, 82), Bare, Melendo (Morlanes, 58), de Tomas, Embarba (U Ley, 65).
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Modrich (Yovich, 61), Kroos (Kazemiro, 61), Valverde, Kamavinga (Rodrigo, 46), Vaskes, Benzema, Vinisius Junior (Azar, 72).

Elche – Selta 1:0
Gol: 1:0 – 49 Benedetto.

Xetafe – Real Sosedad 1:1
Gollar: 1:0 – 40 Sandro Ramires, 1:1 – 68 Oyarsabal.
Xetafe – Soriya, Suares (Iglesias, 84), Jyene, Kuenka, Olivera, Maksimovich, Arambarri (Unal, 75), Florentinu, Alenya (Poveda, 84), Mata (Silva, 75), Sandro Ramires (Masias, 89).
Real Sosedad – Remiro, Gorosabel (Subeldiya, 82), Elustondo, Le Norman, Munos, Merino, Subimendi, Navarro (Barrenechea, 56), Portu (Yanuzay, 82), Oyarsabal, Lobete (Isak, 56).

Vilyarreal – Betis 2:0
Gollar: 1:0 – 45 Dandjuma, 2:0 – 69 Dandjuma.
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Mandi, Pau Torres, Estupinyan, Trigeros (Moyses Gomes, 57), Kapu (Iborra, 90), Koklen (Alberto Moreno, 46), Parexo, Pino (Penya, 83), Dandjuma.
Betis – Ruy Silva, Belerin, Pesselya, Edgar Gonsales, Miranda (Moreno, 58), Vilyam Karvalyu (Iglesias, 72), Rodriges, Xuanmi (Telo, 46), Villian Joze (Kamarasa, 72), Fekir, Ruibal (Rodri, 58).

Granada – Sevilya 1:0 
Gol: 1:0 – 25 Rochina.
Granada – Luish Mashimianu, Kini, Dias (Xerman Sanches, 76), Abram, Neva, Gonalon, Rochina, Montoro (Puertas, 46), Milya, Soro (Eskudero, 64), Suares.
Sevilya – Bunu, Montel (Navas, 46), Diyego Karlos, Kunde, Akunya, Rakitich (Okampos, 70), Fernando, Jordan (Gomes, 46), Lamela (Oskar Rodriges, 64), Suso (Munir, 46), Rafa Mir.
Chetlatish: Diyego Karlos, 90+1.

Turnir jadvali:

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid