Jahon | 15:39 / 04.10.2021
3693
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada birinchi marta ming kub metr gaz narxi 1200 dollardan oshdi

Sentyabr oxirlarida oktyabr fyuchersi uchun ming kub metr gaz narxi 1030 dollarni tashkil etgandi.

Foto: AFP

4 oktyabr kungi savdolarda Yevropada gaz narxi oshishi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.

Londondagi ICE birjasidagi savdolar chog‘ida noyabr fyuchersi uchun Niderlandiyaning TTF habidagi ming kub metr gaz narxi 1200,36 dollarga teng bo‘ldi.

Yevropada bahordan buyon gaz narxi to‘rt marta oshdi. Bunga Yevropadagi yerosti omborlarida gaz zaxirasining ozligi sabab bo‘ldi.

Sentyabr oxirlarida Yevropada oktyabr fyuchersi uchun ming kub metr gaz narxi 1030 dollarni tashkil etgandi.

Britaniyada oxirgi 1,5 oy ichida gaz narxi yuqoriligi sababli 5ta energetik kompaniya yopildi, yana 4tasi yaqin orada bankrotga uchraganini e'lon qilishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid