O‘zbekiston | 17:10 / 05.10.2021
1732
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda fuqarolarga 200 ming dollarlik imtiyozli kredit olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi

U bir nechta fuqaroga o‘zini Ispaniya davlatida faoliyat yurituvchi bankning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili sifatida tanishtirib, imtiyozli kredit olib berish evaziga pul talab qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.K. fuqaro O.ga o‘zini go‘yoki Ispaniya davlatida faoliyat yurituvchi bankning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili sifatida tanishtirib, unga tadbirkorlik faoliyati uchun mazkur bankdan 200 000 AQSh dollari imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 6 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.K. muqaddam fuqarolar K. va Q.ning ham shu yo‘sinda 21 500 AQSh dollarini olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Izboskan tumanida fuqaroga yer maydoni olib berishni va'da qilgan firibgar ushlangani xabar (https://kun.uz/news/2021/08/23/izboskan-tumanida-fuqaroga-yer-maydoni-olib-berishni-vada-qilgan-firibgar-ushlandi) qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid