O‘zbekiston | 08:52 / 05.10.2021
3408
2 daqiqa o‘qiladi

Nurlanish olishning dozalarini hisobga olish yagona tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: vladtime.ru

Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuritiladi hamda uning milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi radiologiya laboratoriyasi bazasida tashkil qilinadi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli nizom tasdiqlandi:

  • amaldagi sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual nurlanish dozasini nazorat qilish hamda hisobga olish;
  • nurlanish olishning individual dozalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash tartibini belgilash, ma'lumotlar bazasini shakllantirish hamda ularni tahlil qilish;
  • tahlillar natijasi bo‘yicha nurlanish olishning aholiga ta'sirini baholash va uning ta'sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish.

Vazirliklar va idoralarga faoliyati davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi tashkilotlarda 2021 yil yakuniga qadar nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish tizimini tashkil etish topshirildi.

Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish bo‘yicha ma'lumot Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga berib boriladi.

Mavzuga oid