Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti: Men Shavkat Mirziyoyevni 14 yildan beri bilaman
Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevning maslahati bilan paxtachilikda yuqori samaradorlikka erishishgani haqida aytib berdi.
Foto: KUN.UZ
Toshkentga tashrifini amalga oshirayotgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov OAV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Shavkat Mirziyoyev bilan azaldan do‘stligi haqida gapirdi.
– Do‘stona qabul uchun qadrdon O‘zbekiston xalqiga yana bir marta minnatdorlik bildiraman. Men Shavkat Miromonovichni 2007 yildan buyon bilaman, ya'ni biz 14 yildan beri tanishmiz. U vaqtda hamkasbim boshqa vazifada ishlaganiga qaramay birgalikda ko‘p masalalarni muhokama qilganmiz.
Men Shavkat Mirziyoyevni mas'uliyatli rahbar, o‘z ishining ustasi va umuman inson sifatida hurmat qilaman. U bizga ko‘p amaliy yordam bergan. Bir misol keltirmoqchiman – Shavkat Miromonovich maslahatiga ko‘ra, paxta yetishtirishga yangicha yondashib, qishloq xo‘jaligida sezilarli o‘sishga erishdik, – dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.
Shavkat Mirziyoyev bunga javoban shunday dedi:
– Gurbanguli Malikguliyevich mening do‘stim, birodarim. Murakkab davr, vaqtining tig‘izligiga qaramay O‘zbekistonga tashrif buyurganidan xursandman.
Mavzuga oid
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi
07:30 / 24.04.2025