Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev Ozarboyjon Armaniston bilan muzokaralar boshlashga tayyorligini aytdi
Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda asosiy masala mintaqada tinchlikni ta'minlash bo‘lib turibdi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Yevroittifoq vositachiligida Armaniston bilan muzokaralar boshlashga tayyorligini aytdi. Bu haqda Haqqin.az xabar berdi.
Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda asosiy masala mintaqada tinchlikni ta'minlash bo‘lib turibdi.
«Biz Armaniston, qo‘shnimiz bilan munosabatlar o‘rnatishni istaymiz. Biz Armaniston bilan tinchlik kelishuvini imzolash, chegaralarni delimitatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyormiz. Bu jarayon qisman boshlandi», — dedi u.
Uning qayd etishicha, ushbu jarayonda YeI faol ishtirok etishi mumkin.
«Men ana shunday xohishni ko‘ryapman, bu bizga ko‘p sohalarda yordam berishi mumkin», — dedi Aliyev.
Sentyabr oxirlarida Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazish imkoniyati haqida gapirgandi.
«Agar Minsk guruhi (YeXHT) bunday uchrashuvni taklif etsa, biz qarshi bo‘lmaymiz», — degandi u.
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yili Tog‘li Qorabog‘ Ozarboyjon nazoratiga o‘tganidan so‘ng yomonlashgandi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025