Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi yonilg‘i inqirozi, Ispaniyada davom etayotgan vulqon va Afg‘onistonda qolganlar qismati. Turli nuqtalardan fotosuratlar
Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.
Buyuk Britaniyada yonilg‘i zaxiralari sentabr oxiridan boshlab tugagan va bu shoxobchalarda ulkan navbatlarni yuzaga keltirgan. Bunga sabab — benzovoz haydovchilarining yetishmasligi, pandemiya va Brexit’dan keyin vizalarni rasmiylashtirish qiyinligi uchun ularning aksariyati mamlakatni tark etgan. Ekspertlarning baholashicha, bugungi kunda Buyuk Britaniyada 90 mingga yaqin og‘ir yuk mashinalari haydovchilari yetishmaydi.
Ispaniyaning Atlantika okeanida joylashgan va Kanar arxipelagi tarkibiga kiruvchi Palma orolida 19 sentabr kuni Kumbre-Vexa vulqoni otilishni boshlagandi. Vulqon otilishi shu vaqtgacha davom etmoqda va lava okean sohiligacha yetib kelgan.
Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga «Tolibon» kelishi ayniqsa ayollar, bolalar va mehnatga yaroqli bo‘lmagan aholining ahvolini og‘irlashtirdi. Toliblar kelguncha ham qashshoqlikda bo‘lgan bunday qatlamlar vakillari ochlik va tilanchilik qilishga mahkum.
Moskvada quyosh ko‘tarilishi.
Kaliforniya sohili yaqinida neft oqib ketgan joyda suzib yurgan baliq.
Kaliforniyada kun botayotgan mahal havoga ko‘tarilayotgan samolyot.
Xitoyda «Oltin hafta» - Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani sharafiga 1-7 oktabr kunlari o‘tkaziladigan bayram.
Kuala-Lumpurdagi maktablar ochilishi munosabati bilan ijtimoiy masofa saqlanishi uchun o‘qituvchi partalarga belgi qo‘ymoqda.
Sloveniyaning Lyublyana shahrida koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy qilingan cheklovlar sabab norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Latviyada oltin kuz.
Moskva oblastidagi o‘rmonda yurak shaklini olgan ko‘l.
Mavzuga oid
20:06 / 06.03.2022
Bobilga aylangan Lvov, yangi formadagi toliblar, dunyoda bahor bayramlari. Hafta suratlari
21:59 / 27.02.2022
«Yo‘lkira tekin». Ukrainalik qochqinlar qo‘shni davlatlarda qanday kutib olinmoqda?
19:29 / 20.02.2022
Parvozlar, qulashlar va g‘alaba onlari. Olimpiadaning eng yorqin suratlari
22:29 / 10.02.2022