Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova prokuraturasi rahbarsiz qoldi. Bosh prokuror korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
Aleksandr Stoyanoglo 2019 yil noyabrda mamlakat bosh prokurori etib tayinlangandi.
Moldova hukumati mamlakat bosh prokurori Aleksandr Stoyanogloni lavozimidan chetlatdi va hibsga oldi. Unga nisbatan korrupsiya ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Moldova adliya vaziri Sergey Litvinenkoning ma'lum qilishicha, Stoyanogloga qarshi jinoyat ishini seshanba kuni prokurorlar oliy kengashi tomonidan tayinlangan prokuror qo‘zg‘atgan.
«Ayni paytda bizda prokuratura rahbariyati yo‘q», — deb yozdi vazir o‘z Facebook’ida.
Stoyanoglo ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazayotgan prokuror Viktor Furtune u 72 soatga ushlanganini bildirdi.
«U xizmat vakolatini suiiste'mol qilish, passiv korrupsiyada ayblanmoqda», — dedi Furtune.
Aleksandr Stoyanoglo Moldova bosh prokuraturasini 2019 yil noyabrdan boshqarishni boshlagandi. U avvalgi prezident Igor Dodon tomonidan tayinlangandi.
Stoyanoglo ishi bo‘yicha tekshiruv Moldovadagi «Harakat va birdamlik» hukmron partiyasi deputati (PAS) Lilian Karp va adliya vaziri Litvinenko so‘roviga ko‘ra boshlandi.
Karp bosh prokurorni 2012 yilda deputatlik paytida «Pul yuvishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunga tuzatish kiritishni taklif qilganlik, bu esa 2014 yilda Moldova bank tizimi orqali milliardlab dollarlarni yuvishga yordam berganida aybladi.
Bundan tashqari, deputatlar Stoyanogloni shu yilning yozidan beri qidiruvda bo‘lgan Moldovaning eng boy biznesmeni Vyacheslav Platon bilan korrupsion aloqalarda ayblashdi. Karpning fikricha, bosh prokuratura Platonga qarshi ayblovlarni noqonuniy ravishda bekor qilgan va u ozodlikka chiqarilgan.
Stoyanoglo bu ayblovlarni asossiz deb hisoblamoqda. Uning ta'kidlashicha, Moldovaning yangi hukumati uni parlament muxolifati vakillariga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishga undagan, bunga rozi bo‘lmaganidan keyin esa uni ta'qib qila boshlagan.
Mamlakat prezidenti Mayya Sandu Stoyanoglo rahbarligidagi bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi kurasha olmasligini aytib, uni bir necha bor tanqid qilgandi.
Mavzuga oid
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi
19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi
14:09 / 17.04.2025