Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orqa mushak atrofiyasi orfan kasalliklar ro‘yxatiga kiritildi. Bemorlarga davlat tomonidan qator vositalar bepul taqdim etiladi
Orfan kasallik sanaluvchi orqa mushak atrofiyasi haqida ko‘rsatuv tayyorlagan edik. Bu xastalik sabab farzandidan ayrilgan yoki bir necha yillarki davolanishga majbur bo‘layotgan fuqarolar hukumatdan mazkur muammoga e'tibor qaratishni so‘rab murojaat qilishgan edi.
Kun.uz sayti orqali yo‘llangan bu murojaat sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilarini befarq qoldirmadi. Sog‘liqni saqlash vazirining shu yil 29 sentyabr kuni Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan buyrug‘iga asosan kam uchraydigan orfan kasalliklarini davolash uchun dori vositalari va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi.
Endilikda orqa mushak atrofiyasiga chalingan bolalar uchun bir nechta turdagi dori vositalari, aktiv va passiv harakatlar uchun trenajyor, vertikalizator, yo‘tal ko‘chirish moslamasi, burun-oshqozon zondi yoki gastroma, noinvaziv o‘pkaning nafas olish apparati davlat tomonidan bepul beriladi.
Harakatlanishdan to‘xtayotgan, o‘z so‘lagini yutishga, nafas olishga qiynaladigan bolalar uchun bular nechog‘li zarurligini ularning ota-onalari bilishadi, xolos.
O‘zbekistonda har yili 70 nafarga yaqin chaqaloq orqa mushak atrofiyasi kasalligi bilan tug‘iladi va ularning ko‘pchiligi 6 oylik bo‘lguncha qadar yashay oladi. Murojaatni javobsiz qoldirmaganliklari uchun Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova hamda uning jamoasiga xasta bolalarning ota-onalari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Gulmira Toshniyozova tayyorladi
Tasvirchi va montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.
Mavzuga oid
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
16:59 / 04.12.2024
Andijondagi mutasaddilarning harakatlariga baho berish uchun ogohlantiruv hujjati kiritildi - Bolalar ombudsmani
18:47 / 03.12.2024
Andijonda maktab o‘quvchilari “qizil toifa”ga ajratildi
20:40 / 28.11.2024