O‘zbekiston | 16:59 / 06.10.2021
4881
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 87 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi

O‘tgan bir haftada 87 710 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

“Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlari natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatgan bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o‘smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etilgan.

Hozirda yurtimizda ommaviy vaksinatsiya tadbirlari 3 138 ta emlash punktida va 18 828 ta harakatdagi brigadalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Hududlardagi istalgan emlash punktida 12 yoshdan katta bolalar ota-onalari va vasiylarining roziligi asosida koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabrdan e'tiboran O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni COVID-19’ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berildi.

Mavzuga oid