Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada natsistlarning bir necha million dollarlik buyumlari topildi
Kolleksiya natsistlar ramzlari, uniformalar, Uchinchi reyxning bayroq va medallari kabi mingdan ortiq ashyolardan tashkil topgan. Shuningdek, xonadondan o‘sha davrga oid qurol-yarog‘lar va o‘q-dorilar topilgan.
Braziliya politsiyasi Rio-de-Janeyrodagi xonadonlardan birida natsistlarning millionlab dollarlik mingdan ortiq buyumlarini topdi, deb xabar berdi Reuters.
Kolleksiya natsistlar ramzlari, uniformalar, Uchinchi reyxning bayroq va medallari kabi mingdan ortiq ashyolardan tashkil topgan. Shuningdek, xonadondan o‘sha davrga oid qurol-yarog‘lar va o‘q-dorilar topilgan.
Xabar qilinishicha, buyumlar politsiya 58 yoshli erkakni voyaga yetmaganlarga nisbatan tegajoqlik qilgani uchun hibsga olish maqsadida uning xonadoniga kelganida topilgan.
Qayd etilishicha, u boy investorlar oilasidan bo‘lgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, topilmaning umumiy qiymati bir necha million dollarga teng bo‘lib, birgina natsistlar uniformasi 250 ming dollar turadi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Janubiy Amerika natsist harbiylari va amaldorlari uchun boshpanaga aylangan. Germaniya va Yevropadan tashqarida eng katta fashistlar partiyasiga ega bo‘lgan Braziliya urushga qadar mustahkam aloqani yo‘lga qo‘ygan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
10:40 / 05.05.2025