Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT kuchlari Afg‘oniston bilan chegarada harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi
«Eshelon-2021» mashg‘ulotlarida Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston qurolli kuchlari moddiy-texnik ta'minot bo‘linmalarining 500dan ortiq harbiylari qatnashadi.
KXShT mamlakatlari harbiylari 18–23 oktyabr kunlari Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasi yaqinida «Eshelon-2021» mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Mashg‘ulotlar KXShT razvedka bo‘linmalarining «Qidiruv-2021» mashg‘ulotlari bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.
Markaziy harbiy okrug xabarida aytilishicha, mashg‘ulotlarda KXShTga a'zo mamlakat hududiga kirib kelgan terrorchi guruhlarni yo‘q qilishga jalb etilgan kuchlarni moddiy-texnik ta'minlash masalalari ustida ishlanadi.
Ma'lumot berilishicha, «Eshelon-2021» mashg‘ulotlarida Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston qurolli kuchlari moddiy-texnik ta'minot bo‘linmalarining 500dan ortiq harbiylari qatnashadi.
Avvalroq Markaziy harbiy okrug Afg‘oniston bilan chegarada o‘tkaziladigan «Qidiruv-2021» mashg‘ulotlariga 200 nafar harbiy jo‘natilishini ma'lum qilgandi. Razvedkachilar mashg‘ulotlariga Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikistondan 400dan ortiq harbiylar jalb etiladi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025