Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Orol» klubi Pro ligadagi ishtirokini to‘xtatishi mumkin. Bu klub bir yil oldin ligaga olib chiqilgan va Superligaga o‘tishi kutilgandi
Pro liga ishtirokchisi «Orol» klubi chempionat bahslari yakunlanmasidan avval turnirdagi ishtirokini yakunlanishi mumkin.
«2 oktabr kuni «Orol» U-14, U-16, U-18 jamoalari bilan musobaqada o‘ynay olmasligi borasida xat jo‘natdi. Xatda asosiy tarkibning ham safar uchrashuvlarida ishtirok etishi ham so‘roq ostida ekani ko‘rsatilgan. Roppa-rosa 1 yil chidab berishdi», - deya yozadi PFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 2 oktyabrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukusga tashrifi chog‘ida ushbu hududda ham futbol rivojlanishi kerakligi haqida gapirgandi. «Orol Samali» jamoasini qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish haqida qaror loyihasi tayyorlansin. Agar kun kelib «Orol Samali» Superligada o‘ynay boshlasa, men ham butun qoraqalpoq xalqi bilan birga jamoaga muxlislik qilaman», degandi davlat rahbari.
Shundan so‘ng, o‘tgan yil dekabrida PFL direktori Diyor Imomxo‘jayev va O‘FA texnik direktori Sergey Arslonov boshchiligidagi ishchi guruh «Orol» klubining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va uning kelasi mavsumda istisno tarzida Pro ligada ishtirok etishi masalasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Qahramon Sariyev hamda Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalov qabulida bo‘lib qaytgandi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning dekabr oyidagi «Qoraqalpog‘istonda professional futbolni rivojlantirish, «Aral» futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra «Orol Samali» klubi istisno tariqasida Pro-Ligada ishtirok etishi belgilangandi. Mutasaddilarga 2021 yil davomida klubning moddiy-texnik bazasini yaratish, uni barcha zaruriy vositalar bilan ta'minlash vazifalari yuklatilishi belgilangandi. Shu yo‘l bilan Pro ligaga olib chiqilgan klub oldida Superligaga chiqish vazifasi borligi haqida aytilgandi.
Endi esa klub moliyaviy muammolar tufayli bir yil o‘tib ligadan chiqib ketish arafasida turibdi.
Ma'lumot uchun, «Orol» klubi so‘nggi tur bahsida Urganchda «Xorazm»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Nukus klubi 16 o‘yindan keyin 14 ochko bilan turnir jadvalida 8 jamoa orasida 7-o‘rinni egallab turibdi. Pro liga yakunlanishiga yana 4ta tur qolgan.
Bungacha Farg‘onaning «Istiqlol» va Toshkentning «Oqtepa» klublari Pro ligani muddatdan avval tark etgandi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.02.2023
Orol qurigan tubida 100 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo etiladi
14:04 / 01.02.2023
Orol dengizi qurigan tubida o‘rmonzorlashtirishning navbatdagi mavsumi boshlandi
09:05 / 11.11.2022
O‘zbekiston va YeXHT Orol qurish oqibatlarini yumshatish loyihasini amalga oshirmoqchi
09:43 / 26.09.2022