Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiyadan avval amerikalik va xitoylik olimlar yangi koronavirus yaratishni rejalashtirgani ma'lum bo‘ldi
Qayd etilishicha, 2014 yilda AQSh milliy sog‘liqni saqlash instituti ko‘rshapalaklardagi koronavirusni o‘rganish uchun EcoHealth Alliance tashkilotiga 5 yil davomida 666 ming dollar miqdoridagi yillik grant berilishini tasdiqlagan.
Amerikalik va xitoylik olimlar pandemiya boshlanmasidan avval yangi koronavirus yaratishni rejalashtirgani ma'lum bo‘ldi.
Daily Mail nashrining yozishicha, AQSh mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari agentligiga (DARPA) berilgan grant uchun ariza o‘tgan oyda jamoatchilikka ma'lum bo‘lgan. 2018 yilda berilgan ushbu arizada aytilishicha, xalqaro olimlar guruhi yangi virus yaratish uchun o‘xshash shtammlarning genetik ma'lumotlarini bir-biriga qo‘shishni rejalashtirgan.
Grant uchun berilgan ariza pandemiyaning kelib chiqishini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Drastic guruhi qo‘liga kelib tushgan.
Bu tajriba tabiatda yo‘q virusning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lardi, dedi JSST eksperti The Telegraph nashriga bergan izohida.
«Natijada tabiatda hech qachon uchramagan, yangi «asos»ga ega, ammo tabiiyga o‘xshash virus paydo bo‘lardi», – dedi ismini ma'lum qilishni istamagan ekspert.
Ma'lum bo‘lishicha, bu tajribani moliyalashtirish taklifi rad etilgan, Uhandagi virusologiya institutidagi virus shtammlarining ma'lumotlar bazasi esa 18 oydan so‘ng o‘chirib qo‘yilgan.
Grant olish uchun arizani britaniyalik zoolog Piter Dashak o‘zi rahbarlik qiladigan EcoHealth Alliance tashkiloti, Uhan virusologiya instituti, Shimoliy Karolina universiteti va Singapurdagi Duke NUS tadqiqot markazidan iborat guruh nomidan bergan, deb yozadi The Telegraph.
The Intercept qo‘lga kiritgan fayllardan ma'lum bo‘lishicha, 2014 yilda AQSh milliy sog‘liqni saqlash instituti (NIH) ko‘rshapalaklardagi koronavirusni o‘rganish uchun EcoHealth Alliance tashkilotiga 5 yil davomida 666 ming dollar miqdoridagi yillik grant (jami 3,3 million dollar) berilishini tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, EcoHealth Alliance bu mablag‘ning 599 ming dollarini Uhan virusologiya institutiga bergan.
Avvalroq AQSh virus Uhandagi laboratoriyadan chiqib ketganini bildirgan, JSST maxsus guruhi Xitoyga kelib ushbu versiyani o‘rgangandi. Guruh virus sun'iy yo‘l bilan yaratilmagan degan fikrga kelgan.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022