Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda taksi haydovchisi piyodani urib qochib ketdi. Yordamga muhtoj piyoda voqea joyida vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida taksi haydovchisi piyodani urib qochib ketgan. Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan va yordamga muhtoj bo‘lgan piyoda voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 6 oktabr kuni soat 5:00larda Qarshi-Beshkent yo‘lida mashina urib yuborgan shaxsning jasadi topilgan. Shundan so‘ng viloyat bo‘ylab to‘sib ushlash tadbiri e'lon qilinib, piyodani urib qochib ketgan mashinani ushlash bo‘yicha ishlar olib borilgan. Tezkor qidiruv harakatlari natijasida piyodani urib yuborib qochib ketgan mashina va uning haydovchisi topilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, piyodani urib qochib ketgan mashina haydovchisi taksichilik bilan shug‘ullangan va o‘sha kuni tongda Qarshidan Beshkentga yo‘lovchi olib ketayotgan bo‘lgan. Haydovchi e'tiborsizlik bilan piyodani urib yuborgandan so‘ng, mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar unga yordam ko‘rsatish kerakligini aytishgan. Ammo haydovchi tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilganini aytib yo‘lida davom etgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:11 / 02.04.2025
Toshkentda minivenlarda o‘zini o‘zi band qiluvchi tarzida taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi
19:45 / 04.03.2025
Taksichilarning daromadlari hisob-kitobi noldan boshlanadi
23:33 / 01.03.2025