Jahon | 17:57 / 07.10.2021
6698
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha rekord qayd etildi

7 oktyabr kuni Moskvada 5404ta, Sankt-Peterburgda 2418ta va Moskva oblastida 1454ta yangi holat aniqlandi. 

Foto: TASS

O‘tgan sutkada Rossiyada koronavirus yuqtirish bo‘yicha 27550ta yangi holat qayd etildi. Bu yil boshidan buyon eng yuqori sutkalik ko‘rsatkich hisoblanadi.

Sutka davomida 924 nafar bemor vafot etdi. Bir kun avval esa pandemiya boshlanganidan buyon antirekord qayd etilgandi – 929 o‘lim.

7 oktyabr kuni Moskvada 5404ta, Sankt-Peterburgda 2418ta va Moskva oblastida 1454ta yangi holat aniqlandi. 

Pandemiya boshlanganidan buyon Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 7 mln 690 mingdan oshdi, 213 ming 549 bemor vafot etdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid