Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 oyda 78 000 000 000 so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi - Energetika vazirligi
Energetika vazirligi 2021 yil 20-24 sentyabr kunlari o‘tkazgan maxsus reyd davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgan 67ta holatni aniqladi. Ushbu holatlarda salkam 1 mln 400 ming kub metr tabiiy gaz noqonuniy iste'mol qilingan. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 20-24 sentyabr kunlari o‘tkazilgan maxsus reyd chog‘ida jami 1 million 379 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Taqqoslash uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 130 ming xonadonning 1 kunlik gaz iste'molini tashkil qiladi. Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Shu o‘rinda joriy yilning 9 oyida respublika bo‘yicha jami 2 ming 535 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Buning natijasida 86 million 923 ming kub metr yoki 77 milliard 877 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu raqamlar qiyoslanadigan bo‘lsa, ushbu miqdordagi hajm hozirgi kunda 40 ming xonadonning qariyb 1 yillik iste'molini tashkil etadi.
2021-2022 yilgi kuz-qish mavsumida tabiiy gaz ta'minoti bo‘yicha yuridik iste'molchilarga 18 mlrd kub metr, aholi iste'molchilariga esa 11 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu esa, o‘tgan mavsumga nisbatan 3 milliard kub metrga ko‘p demakdir.
Vazirlik, shuningdek, kuz-qish mavsumida iste'molchilarga 318 ming 600 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishini ma'lum qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 13 ming tonnaga ko‘p ekani ta'kidlangan.
Ta'kidlanishicha, barcha aniqlangan holatlar bo‘yicha jamlangan ma'lumotlar tegishli chora ko‘rish uchun prokuratura idoralariga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
20:39 / 26.03.2025
Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi
19:06 / 03.03.2025