Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni yaxvonlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Qamchiq dovonida 9-10 oktabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir-qor) bo‘lishi kutilayotgani sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Vazirlikning qayd etishicha, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Avtoyo‘lda yaxvonlik yuzaga kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan vazirlik dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda haydovchilarni barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 6 oktabr kuni ham kuzatiladigan ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirgandi.
Mavzuga oid

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

13:49 / 02.04.2025
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi

21:37 / 07.03.2025